Skip to main content
Shahrisabz Abu Ali ibn Sino Public Health Technical School
News

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni tabrigi

0 views

Barchangizni 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Yosh avlodga bilim berish, ularni Vatanga sadoqat, halollik va ezgu maqsadlar ruhida tarbiyalashdek sharafli vazifani zimmasiga olgan barcha ustoz va murabbiylarning fidokorona mehnati tahsinga loyiq.

Texnikum rahbariyat i jamoasi nomidan barcha ustoz va murabbiylarga samimiy minnatdorligimizni bildiramiz!

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, ko‘ngil xotirjamligi va sharafli faoliyatingizda yangi yutuqlar tilaymiz!

Shogirdlaringizning kamoli, yutuqlari va e’tirofi doimo sizga faxr va quvonch olib kelsin!

Texnikum direktori - Amirov Uyg'un Rasulovich.

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni tabrigi | Shahrisabz Abu Ali ibn Sino Public Health Technical School