Skip to main content
Shahrisabz Abu Ali ibn Sino Public Health Technical School
News

“Eng faol yashil qahramon” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash

0 views

Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Eng faol yashil qahramon” tanlovi doirasida insholar hamda rasmlar (tasviriy san’at) yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Mazkur tanlovning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatni asrashga bo‘lgan mas’uliyat hissini kuchaytirish hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

Tanlov jarayonida o‘quvchilar atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil makon yaratish, ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik kabi dolzarb mavzularda o‘z ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etdilar. Insho yo‘nalishida qatnashchilar ekologiya va tabiatni asrash borasidagi fikr-mulohazalarini mazmunli yoritib bergan bo‘lsalar, tasviriy san’at yo‘nalishida o‘quvchilar tabiat go‘zalligi va yashil hayot tarzini rang-barang ijod namunalari orqali aks ettirdilar.

Ko‘rik-tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan eng yaxshi ijodiy ishlar saralanib, g‘olib va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir yoshlarni tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.