Skip to main content
Shahrisabz Abu Ali ibn Sino Public Health Technical School
News

Ish beruvchilarning 86,8 foizi oliygoh, 65,1 foizi texnikum bitiruvchilari tayyorgarligidan qoniqadi

0 views

Bitiruvchilar tayyorgarligi mehnat bozori talablariga qay darajada mosligini o‘rganish uchun Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi o‘tkazildi.

So‘rovnomada 14 ta hududdagi 3 775 nafar ish beruvchi ishtirok etib , 169 ta oliygoh va 591 ta texnikumning 3 775 nafar bitiruvchisi tayyorgarligini baholadi.

Asosiy natijalar:

oliygoh bitiruvchilari tayyorgarligidan ish beruvchilarning 86,8 foizi, texnikum bitiruvchilari tayyorgarligidan esa 65,1 foizi qoniqish bildirdi;

amaliy tayyorgarlikni kuchaytirish zarurligini oliygohlar bo‘yicha 40,7 foiz, texnikumlar bo‘yicha 53,7 foiz ish beruvchi qayd etdi;

ish beruvchilarning 45,2 foizi tegishli oliygoh bilan doimiy hamkorligi yo‘qligini aytdi.

Ish beruvchilarning fikricha:

yaqin 3–5 yilda sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, yangi texnologiyalar va uskunalarni tez o‘zlashtirish hamda kreativ fikrlash ko‘nikmalariga talab ortadi;

ishga qabul qilishda eng muhim kompetensiya bu mas’uliyat va intizom (oliygohlar bo‘yicha 55,6 foiz, texnikumlar bo‘yicha 59 foiz) bo‘ladi.

So‘rovnoma natijalari asosida ta’lim dasturlarini takomillashtirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish, dual ta’lim va amaliy tayyorgarlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

So‘rovnoma bo‘yicha batafsil tahliliy sharh tez orada e’lon qilinadi.

English

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Ish beruvchilarning 86,8 foizi oliygoh, 65,1 foizi texnikum bitiruvchilari tayyorgarligidan qoniqadi | Shahrisabz Abu Ali ibn Sino Public Health Technical School