Guruh sardorlari yig‘ilishi: 10-oktabr, soat 11:00
0 ko'rilgan
1-2-3- guruh sardorlari!
10-oktabr kuni soat 11:00 da guruh sardorlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkaziladi.
Barcha guruh sardorlaridan yig‘ilishda o‘z vaqtida va to‘liq ishtirok etishlari so‘raladi.
kun tartibi:
Guruhlarda talabalar davomati va darslarga o‘z vaqtida qatnashishini nazorat qilish.
Talabalarning dars mashg‘ulotlariga tayyorgarligi va ichki tartib-qoidalarga rioya etish masalalari.
Texnikumda odob-axloq qoidalariga amal qilish, kiyinish madaniyati va intizomni mustahkamlash.
Guruh sardorlarining vazifalari, mas’uliyati va faoliyatini yanada takomillashtirish.
Talabalar o‘rtasida tozalik, tartib-intizom va jamoat mulkiga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish.
Turli masalalar va mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar.
Yig‘ilish vaqti: bugun soat 11:00. 3-xona.
Barcha guruh sardorlaridan belgilangan vaqtda kelishlari so‘raladi.
Ma’muriyat
