Asosiy mazmunga o'tish
Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Yangiliklar

Kasb tanlagan yoshlar - kelajak bunyodkorlari!

0 ko'rilgan

Bugun, joriy yilning 28-sentabr kuni Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida yangi 2026/2027-o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan o‘quvchilar uchun tanishtiruv kechasi tashkil etildi.

Tadbir davomida yangi qabul qilingan o‘quvchilarga texnikumning faoliyati, ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbirda texnikum jamoasi, ustoz va murabbiylar tomonidan yangi o‘quvchilarga samimiy tilaklar bildirilib, ularni yangi o‘quv yilida faol ishtirok etishga, bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borishga chaqirildi.

Mazkur tadbir yangi o‘quvchilarning texnikum jamoasiga moslashishi, ular o‘rtasida do‘stona muhitni shakllantirish hamda ta’lim jarayoniga ijobiy ruhda kirishib ketishiga xizmat qildi.

Biriktirilgan materiallar

Rasmlar

Kasb tanlagan yoshlar - kelajak bunyodkorlari! | Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi