Asosiy mazmunga o'tish
Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Yangiliklar

Ta’lim jarayonidan lavhalar!

0 ko'rilgan

Hamshiralik ishi fani yetakchi o‘qituvchisi Rahimova Gulshoda tomonidan 115-guruh talabalari ishtirokida “Samarali g‘amxo‘rlik tamoyillari” fanidan navbatdagi dars mashg‘ulotlari mazmunli va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Dars jarayonida talabalarga bemorlarga samarali g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga individual yondashish, mehr-muruvvat, e’tibor va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish tamoyillari haqida bilim va tushunchalar berildi.

Mashg‘ulotlar davomida nazariy bilimlar amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirilib, talabalarning kasbiy bilimlari, mustaqil fikrlash qobiliyati hamda kelajakdagi hamshiralik faoliyatiga oid malakalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Zero, hamshiralik — bu nafaqat kasb, balki mehr, fidoyilik, sabr-toqat va insonparvarlikni o‘zida mujassam etgan sharafli faoliyatdir!

#Hamshiralik Ishi #Samarali Gamxorlik #Dars Jarayoni #Talim Jarayoni #115Guruh #Kasbiy Talim

Biriktirilgan materiallar

Rasmlar

Ta’lim jarayonidan lavhalar! | Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi