Asosiy mazmunga o'tish
Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Yangiliklar

Ustozlar kuni: “Ustoz — qalblarga yo‘l topgan buyuk zot” badiiy kechasi

0 ko'rilgan

1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Ustoz — qalblarga yo‘l topgan buyuk zot” mavzusida badiiy kecha tashkil etildi.

Tadbirda texnikumning o‘qituvchilari, murabbiylari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar. Badiiy kecha davomida ustoz va murabbiylarning yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi beqiyos o‘rni, fidokorona mehnati va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etildi.

Tadbirda o‘quvchi-yoshlar tomonidan ustozlarga bag‘ishlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, ustoz va murabbiylarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning sharafli va mas’uliyatli mehnati yuksak qadrlanishi ta’kidlandi.

Tadbir ko‘tarinki kayfiyat va samimiy ruhda o‘tkazilib, ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Biriktirilgan materiallar

Rasmlar