Перейти к основному содержанию
Шахрисабзский техникум общественного здоровья имени Абу Али ибн Сино
Новости

“Besh tashabbus”: “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi o‘tkazildi

0 просмотров

Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida besh muhim tashabbus doirasida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi doirasida “Bir oyda bir kitob” loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlari mutolaa qilgan asarlar mazmuni, ularda ilgari surilgan g‘oyalar, qahramonlarning xarakteri hamda kitoblardan olgan taassurotlari haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, o‘qilgan asarlarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, insoniy fazilatlarni shakllantirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va hayotiy tajribani boyitishdagi ahamiyati alohida ta'kidlandi.

Kitob - bilim manbai, tafakkur qanoti, ma'naviyat ko'zgusidir!

Прикреплённые материалы

Фотографии

“Besh tashabbus”: “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi o‘tkazildi | Шахрисабзский техникум общественного здоровья имени Абу Али ибн Сино