Перейти к основному содержанию
Шахрисабзский техникум общественного здоровья имени Абу Али ибн Сино
Новости

O‘zbek tili bayrami: Madaniyat saroyidagi tadbirda texnikum talabalari

0 просмотров

Bugun Shahrisabz shahar Madaniyat saroyida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirish, yoshlar qalbida milliy qadriyatlarimizga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, o‘zbek tilining boy tarixi, betakror jozibasi va jamiyatimiz hayotidagi beqiyos o‘rnini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumidan bir guruh talaba-yoshlar ham ishtirok etdi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash, ularda ona tiliga muhabbat va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ona tilimiz — millatimiz ruhi, xalqimizning bebaho ma’naviy merosi va faxrimizdir! Uni e’zozlash, rivojlantirish va kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning sharafli vazifamizdir.

Прикреплённые материалы

Фотографии