Перейти к основному содержанию
Шахрисабзский техникум общественного здоровья имени Абу Али ибн Сино
Новости

Prezident tibbiyotga kirib kelayotgan yoshlarga ishonch bildirdi

0 просмотров

– Orangizdan kelajakning buyuk shifokorlari, olimlari va kashfiyotchilari chiqishiga ishonaman! Bizning vazifamiz ana shu iqtidorlarni kashf etish, ularga ishonish va orzularini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishdan iborat,

– dedi mamlakatimiz yetakchisi.

Shu maqsadda “Tibbiyot novatorlari” milliy hamjamiyati tashkil etildi. Mazkur platforma t alabalar, yosh shifokorlar, olimlar, tajribali ustozlar va xorijdagi vatandoshlarni birlashtiradi.

Uchrashuvda davlatimiz rahbari so‘zni tibbiyot xodimlariga berib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Mutasaddilarga bildirilgan takliflarni birgalikda ro‘yobga chiqarishga topshiriq berdi.

– Men bir narsani so‘rayman: har bir tibbiyot xodimi o‘ziga savol bersin: “Bugun inson salomatligi uchun kechagidan ko‘ra ko‘proq nima qila oldim?”. Agar har birimiz shu savolga javob qidirib ishlasak, tibbiyotimizda ham, xalqimizning salomatligida ham katta o‘zgarishlar bo‘ladi,

– dedi Prezidentimiz uchrashuv yakunida.

Prezident tibbiyotga kirib kelayotgan yoshlarga ishonch bildirdi | Шахрисабзский техникум общественного здоровья имени Абу Али ибн Сино