Ogohlantirish: darslarni sababsiz qoldirmang
0 views
Texnikum o‘quvchilari!
Sizga Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi ma’muriyati tomonidan shuni ma’lum qilamizki, dars mashg‘ulotlarida muntazam qatnashmaslik, uzrsiz sabablarga ko‘ra darslarni qoldirish ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga zid hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning tegishli bandlariga muvofiq, uzrsiz sabablarga ko‘ra 74 soatdan ortiq dars qoldirgan o‘quvchilar o‘qishdan chetlashtiriladi.
Shu munosabat bilan Sizdan dars mashg‘ulotlariga muntazam qatnashishingizni, o‘quv intizomiga qat’iy rioya qilishingizni hamda dars qoldirish holatlariga yo‘l qo‘ymasligingizni talab qilamiz.
Texnikum ma'muriyati.
