Asosiy mazmunga o'tish
Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Yangiliklar

Ochiq eshiklar kuni

0 ko'rilgan

Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 2026-yil 12-may kuni “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirda texnikum hududida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9–11-sinf bitiruvchi o‘quvchilari ishtirok etib, texnikum faoliyati, mavjud yo‘nalishlar va kasblar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida o‘quvchilarga ta’lim jarayonlari, zamonaviy o‘quv-amaliyot xonalari, yaratilgan shart-sharoitlar hamda kasb-hunar egallashning afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ular o‘zlari qiziqqan kasblar bo‘yicha amaliy jarayonlarni kuzatib, kerakli taassurotlarga ega bo‘ldilar.
“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yoshlarning kelajak kasbini ongli tanlashida muhim ahamiyat kasb etib, ularda kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

Ochiq eshiklar kuni | Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi