Skip to main content
Shahrisabz Abu Ali ibn Sino Public Health Technical School
News

Insonga xizmat qilgan har bir soha muqaddas, inson sog‘lig‘iga xizmat qilgan soha — ulug‘roq

0 views

Prezident Shavkat Mirziyoyev shifokor mehnatining qadri haqida so‘z yuritib, ma’rifatparvar alloma Abdurauf Fitratning so‘zlarini esladi.

Shuningdek, davlat rahbari tibbiyot xodimlari uchun yangi imtiyozlarni e’lon qildi:

Tizimda kamida 15 yil ishlagan xodimlarning ipoteka kreditining bir qismini qoplash uchun 50 milliard so‘m ajratildi. Shu imkoniyat orqali kelasi yil 1 ming nafar tibbiyot xodimi yangi uyga ko‘chib o‘tadi.

Bu imkoniyat yosh kadrlar uchun ham joriy qilinadi: har yili 500 nafar yosh tibbiyot xodimining ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi.

Kelgusi yildan olis hududlarda ishlaydigan barcha shifokorlarning oylik qo‘shimcha ustamasi 2 million so‘mdan 4,5 million so‘mga oshiriladi. Bunday hududga ishga kirgan shifokorga 50 million so‘m bir martalik rag‘bat puli ham beriladi.