Перейти к основному содержанию
Шахрисабзский техникум общественного здоровья имени Абу Али ибн Сино
Новости

Insonga xizmat qilgan har bir soha muqaddas, inson sog‘lig‘iga xizmat qilgan soha — ulug‘roq

0 просмотров

Prezident Shavkat Mirziyoyev shifokor mehnatining qadri haqida so‘z yuritib, ma’rifatparvar alloma Abdurauf Fitratning so‘zlarini esladi.

Shuningdek, davlat rahbari tibbiyot xodimlari uchun yangi imtiyozlarni e’lon qildi:

Tizimda kamida 15 yil ishlagan xodimlarning ipoteka kreditining bir qismini qoplash uchun 50 milliard so‘m ajratildi. Shu imkoniyat orqali kelasi yil 1 ming nafar tibbiyot xodimi yangi uyga ko‘chib o‘tadi.

Bu imkoniyat yosh kadrlar uchun ham joriy qilinadi: har yili 500 nafar yosh tibbiyot xodimining ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi.

Kelgusi yildan olis hududlarda ishlaydigan barcha shifokorlarning oylik qo‘shimcha ustamasi 2 million so‘mdan 4,5 million so‘mga oshiriladi. Bunday hududga ishga kirgan shifokorga 50 million so‘m bir martalik rag‘bat puli ham beriladi.

Insonga xizmat qilgan har bir soha muqaddas, inson sog‘lig‘iga xizmat qilgan soha — ulug‘roq | Шахрисабзский техникум общественного здоровья имени Абу Али ибн Сино